U shartli ozodlikka chiqish huquqiga ega emas
2017-yilda Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, xabar berdi Nyu-York janubiy okrugi prokurori.
Shu yilning 26 yanvar kuni hakamlik sudi a’zolari Soipovni 28 ta modda bo‘yicha aybdor deb topdi, biroq o‘lim jazosi bo‘yicha bir qarorga kela olishmagandi.
«Hakamlar hay’ati Soipovga o’lim jazosini berishdan bosh tortdi va shunga ko’ra, sudlanuvchi shartli ravishda ozod qilish imkoniyatisiz majburiy umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi», – deya izoh berdi AQSh prokurori Damian Uilyams.
Sayfullo Soipov 1988-yilda Toshkentda tug‘ilgan, 2010-yilda Green Card viza lotereyasi bo‘yicha AQShga jo‘nab ketgan. Ko’chib o’tishdan oldin u jinoiy...