1,2 millioni mikrofirma va kichik korxonalar hissasiga to’g’ri keldi
2022-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda bank kartalari soni 34 million donaga yetdi. Visa to‘lov tizimi tadqiqotiga ko‘ra, ulardan 1,2 millioni kichik biznes va mikrofirmalarga tegishli.
Mamlakatda elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi do‘kon va xizmatlar soni ham ko‘paydi. 2023-yil boshiga qadar korxonalarda 434 mingta POS-terminal o‘rnatildi.
Visa shuningdek, respublikada yangi texnologiyalar, jumladan, kontaktsiz to‘lovlar tufayli to‘lov jarayoni soddalashtirilganini ta’kidladi.
«Hozirgi vaqtda ustuvor vazifa rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish hamda elektron to‘lovlardan butun mamlakat va butun aholi uchun teng foydalanish va foydalanishni ta’minlashdan iborat», — deyiladi kompaniya tadqiqotida.
O‘tgan yilning sentabr-oktyabr oylarida Digitum tadqiqot firmasi tomonidan o‘tkazilgan...