Kursiv-logo
TBC-logo
Maxsus loyiha

Onlayn bank murakkabligi haqida 6 ta mif

Bank sohasi texnologiyalar bilan birga jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda ko‘plab moliyaviy xizmatlardan onlayn foydalanish mumkin, ayrim banklar esa barcha xizmatlarini to‘liq raqamli formatda taqdim etmoqda. Bu, ayniqsa, bank bo‘limiga borishga vaqt topishi qiyin bo‘lganlar — ish jadvali tig‘iz insonlar, yosh bolali ota-onalar yoki safarda yurganlar uchun juda qulay. Onlayn banklarning barcha qulaylik va imkoniyatlariga qaramasdan, ko‘pchilik hali ham ularga ehtiyotkorlik bilan qaraydi va ulardan foydalanish murakkab, deb hisoblaydi. Ushbu maqolada onlayn banklar haqidagi eng keng tarqalgan 6 ta mifni ko‘rib chiqamiz hamda ularning haqiqatga qanchalik mos kelishini tahlil qilamiz.

Haqiqat: Onlayn bank — bu Oʻzbekiston Markaziy banki litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi toʻlaqonli bank hisoblanadi. U boshqa banklar singari amaldagi qonunchilik asosida faoliyat yuritadi, muntazam tekshiruvlardan oʻtadi va tegishli organlar tomonidan nazorat qilinadi. Bunday banklarda bosh ofis, IT mutaxassislari, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va yuridik bo‘lim mavjud. Farqi shundaki, shahar bo‘ylab joylashgan filiallar o‘rnini 24/7 ishlaydigan qulay ilova egallagan.

Haqiqat: Ma’lumotlarni himoya qilish har bir bankning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu sababli banklar ma’lumotlarni shifrlash, operatsiyalarni tasdiqlash, biometrik autentifikatsiya hamda shubhali faolliklarni aniqlaydigan xavfsizlik tizimlaridan foydalanadi. Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchidan shaxsini tasdiqlash talab etiladi. Bu uning hisobiga begona shaxslarning kirishini oldini olishga yordam beradi. Masalan, TBC UZ ilovasida shaxsni tasdiqlash uchun pasport ma’lumotlarini kiritish va verifikatsiyadan o‘tish kifoya. Biroq xavfsizlik faqat bankka emas, foydalanuvchining o‘ziga ham bog‘liq. PIN-kod, parol, kartangizning CVV-kodi yoki SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang. Bank xodimlari bunday ma’lumotlarni hech qachon so‘ramaydi.

Haqiqat: Aslida esa bunday emas. Zamonaviy bank ilovalari turli yoshdagi foydalanuvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Tushunarli interfeys, sodda navigatsiya va qulay tuzilma ilovaning asosiy funksiyalarini tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Ko‘plab banklar ilovalarni yanada qulay qilish maqsadida ularni yoshi katta foydalanuvchilar ishtirokida ham sinovdan o‘tkazadi. Agar shunga qaramay biror narsa tushunarsiz bo‘lsa, yaqinlardan yordam so‘rash yoki bankning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish mumkin.

Haqiqat: Bank bo‘limlari yo‘qligi yordam olishning imkoni yo‘q degani emas. Ko‘plab masalalarni bankka bormasdan hal qilish mumkin. Masalan, operatsiyalar bo‘yicha ma’lumot olish, ariza holatini bilish, mahsulotlar haqida maslahat olish yoki texnik muammolar yuzasidan qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari masofadan turib yordam berishadi. Buning uchun banklar turli aloqa kanallarini taqdim etadi. Masalan, 1150 qisqa raqami orqali TBC Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish mumkin. Bank ilovasida esa foydalanuvchilarning savollariga sun’iy intellekt yordamchisi Lola javob beradi. Agar masala mutaxassis ishtirokini talab qilsa, u operator bilan bog‘lanishga yordam beradi.

Haqiqat: Moliyaviy xizmatlarning raqamli formatga o‘tishi vaqtinchalik moda emas, balki bank sohasining tabiiy rivojlanish bosqichidir. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 90 foizdan ortig‘i smartfon va internetdan foydalanadi. Odamlar kundalik hayotda raqamli xizmatlarni tobora ko‘proq tanlayotgani sababli, bank xizmatlari ham shu yo‘nalishda rivojlanishda davom etmoqda.

Haqiqat: O‘tkazmani tasdiqlashdan oldin ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqsangiz, pulingiz yo‘qolmaydi. Mablag‘larni jo‘natishdan oldin bank ilovasi karta yoki hisob raqami, qabul qiluvchining ismi va o‘tkazma summasini ko‘rsatadi. Ushbu ma’lumotlar diqqat bilan tekshirilsa, o‘tkazmada xato qilishning oldini olish mumkin.

Shuningdek qarang