2025-yilda 450 mingta avtomobil ishlab chiqariladi

25-noyabr 2024 20:26 eʼlon qilindi

(25-noyabr 2024 20:35 yangilandi)
post.authors.0.name

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Zoon.ru

Shavkat Mirziyoyevga avtomobilsozlikdagi yutuqlar va kelgusi rejalar haqida axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan 10 oyda 338 mingta avtomobil ishlab chiqarilib, eksport $455 mln.ni tashkil etdi. Tannarxni 4 foizga kamaytirish va 1 400 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga erishildi.

2025-yilda 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni $700 mlnga yetkazish rejalashtirilgan. Mahalliylashtirishni kuchaytirish uchun 700 ta detalni o‘zlashtirish bo‘yicha 325 million dollarlik 63 loyiha amalga oshiriladi.

Shuningdek, Jizzaxdagi «BYD» zavodida elektromobil ishlab chiqarish kengaytiriladi. Kelgusi bosqichlarda yillik hajmni 500 ming donaga yetkazish maqsad qilingan. Davlat rahbari qo‘shimcha quvvatlarni barpo etish va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi deyarli 3 foizga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek