Rossiyada yangi Chevrolet Captiva krossoveri sotuvga qoʻyildi

18-dekabr 2024 11:06 eʼlon qilindi

(18-dekabr 2024 13:56 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Chevrolet

Rossiyalik diler mamlakatga parallel import sxemasi boʻyicha Chevrolet Captiva krossoverini olib kirdi, deya xabar bermoqda Autonews.ru nashri.

Avtomobil 1,5 litrli, 147 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Shuningdek, komplektatsiya tiqilib qolishga qarshi tizim va ABS, bir zonali klimat nazorati, old va orqa parktronik, orqa koʻrinish kamerasi, old oʻrindiqlarni elektr bilan sozlash, Apple CarPlay va Android Auto qoʻllab-quvvatlaydigan multimedia tizimi bilan jihozlangan.

«Hozirgi Chevrolet Captiva aslida SAIC-GM-Wuling qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilayotgan Xitoyning Baojun 530 krossoverining qayta ishlangan varianti hisoblanadi. Bu avtomobilning bir paytlar Rossiyada rasmiy ravishda sotilgan Captiva modeli bilan hech qanday aloqasi yoʻq», – deyiladi xabarda.

Foto: Chevrolet

Ushbu modeldagi krossoverlar dastlab Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo uchun moʻljallangan edi. 2020-yilgacha oʻng rul versiyalari Indoneziyada ishlab chiqarilgan.

Avtomobilning narxi 2,62 mln rublni (taxminan 324 mln soʻm) tashkil etadi. Taqqoslash uchun Oʻzbekistonda Chevrolet Captiva 5T avtomobilining ikkita modeli mavjud: Captiva LT2 modelining narxi 305 mln soʻm, Premier modelining narxi esa 335 mln soʻmni tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi 2025-yilgi Chevrolet Tahoe Xitoyda taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek