
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Saudiya Arabistoni ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
Gollar va o‘yin qahramonlari
Uchrashuvda vakillarimiz ustunlikni ilk daqiqalardan o‘z qo‘liga oldi. Gollarga Dilshod Murtazoyev (12-daqiqa), Azizbek To‘lqinbekov (77-daqiqa) va Firdavs Abdurahmonov (87-daqiqa) mualliflik qildi va jamoamizning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Yarim finaldagi raqib
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi futbolchilarimiz endi yarim finalda Yaponiya — KXDR uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu muhim bahs 26-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo o‘yinlari chorak finalini boshqarishi haqida xabar bergan edi.