Chevrolet Express furgonining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar berdi.
Model bir nechta variantlarda mavjud: yuk, yo‘lovchi va uzaytirilgan yuk furgoni. Bazaviy narx $43,695 mingdan, yo‘lovchi versiyalari esa $49,24 mingdan boshlanadi.
2025-yildagi Express modeli ikki xil dvigatel bilan jihozlangan: 4.3 litrli V6 (276 ot kuchi) va 6.6 litrli V8 (401 ot kuchi). Qoʻshimcha jihozlar sifatida koʻr zonani nazorat qilish tizimi va orqa qarash kamerasiga ega xavfsizlik paketi, shuningdek, masofadan boshqarish tizimi va yuk tashish uchun moʻljallangan qurilmalarni oʻz ichiga oladigan qulaylik paketi taklif etiladi.
Tez yordam mashinasi sifatida foydalanish uchun Ambulans paketi mavjud. Mehmonxonalar uchun esa Hotel Shuttle paketi kabi maxsus konfiguratsiyalar bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiya boshlangani haqida yozgan edi.