«Terminator» filmining 77-yoshli yulduzi Arnold Shvartseneggerning og‘ir qadam bosishi muxlislarda xavotirga solib qo‘ydi. Bu haqda New York Post ma’lum qildi.
X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videoda Shvartsenegger o‘z qo‘riqchilari bilan birga sekin yurganini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aktyorning hozirgi sog‘lig‘idan xavotir bildirishgan.
«U kinoda Qorbobo rolini o‘ynaydigan yoshi katta inson. Siz undan 20-yoshdagilar kabi aravalarda aylanib, sakrashini kutyapsizmi?», – deb ta’kidlashdi ayrim X foydalanuvchilari.
Ba’zi foydalanuvchilar Shvartseneggerning hozirgi holatini aktyor bodibilder sifatidagi faoliyati davomida steroidlardan foydalanish bilan bog‘ladi.
Ma’lumot uchun, aktyor Nyu-Yorkda suratga olinayotgan “The Man with the Bag» filmida ishtirok etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Mayk Tayson Italiyaning «Quyon odam» filmida suratga tushishi haqida yozgan edi.