Odiljon Bastankulov «UzAuto Motors» AJ bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Qayd etish joizki, bundan oldingi rahbar Bo Andersson 2024-yilning 27-dekabr kuni bosh direktor lavozimidan ketgan edi. Bo Anderssonning rahbarligida Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix modellarining ommaviy ishlab chiqarishiga erishildi.
Bo Inge Andersson UzAuto Motors, UzAuto Powertrain va UzAutosonat Engineering kompaniyalaridagi uch yillik faoliyatini yakunlab, Tokio shahridagi Sanoh Industrial Co., Ltd. kompaniyada ish boshlashini o‘zining LinkedIn sahifasida ma’lum qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiya jarayoni yakunlangani haqida xabar bergan edi.