O‘tgan yilda ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar qanday o‘zgardi

18-yanvar 2025 11:40 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: nito123 / www.depositphotos.com

2024-yil dekabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlari bo‘yicha tahlil o‘tkazildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy ommabop avtomobillarning narxlari asosan pasaygan, xorijiy avtomobillar va elektromobillar bozorida esa turli o‘zgarishlar kuzatilgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.

Mahalliy ommabop avtomobillar
Dekabr oyida ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan avtomobillarning narxlari noyabrga nisbatan pasaygani qayd etildi. Xususan:

Onix: o‘rtacha foydalanilgan avtomobil narxi $14,000 dan $13,500 ga (3,6%), ko‘p foydalanilgan avtomobil narxi $13,600 dan $13,000 ga (4,4%) pasaydi.
Lacetti: ko‘p foydalanilgan narx $13,500 dan $13,327 ga (1,3%) tushgan.
Cobalt: o‘rtacha foydalanilgani $12,500 dan $12,300 ga (1,6%), ko‘p foydalanilgani $11,800 dan $11,700 ga (0,8%) arzonlashgan.
Nexia: o‘rtacha narx $11,500 dan $11,400 ga (0,9%) kamaygan.
Spark: o‘rtacha narxi $10,400 dan $10,300 ga (1,0%), ko‘p foydalanilgani $9,346 dan $9,300 ga (0,5%) tushgan.
Damas: o‘rtacha narxi $8,100 dan $8,000 ga (1,2%), ko‘p foydalanilgani $7,503 dan $7,300 ga (1%) pasaydi.

Mahalliy lyuks avtomobillar
Malibu: o‘rtacha foydalanilgani $29,500 dan $29,100 ga (1,4%), kam foydalanilgani $31,000 dan $29,650 ga (4,4%) arzonlashgan.
Tracker: o‘rtacha narxi $18,000 dan $17,700 ga (1,7%), kam foydalanilgani $19,000 dan $18,700 ga (1,6%) tushgan.
Equinox: o‘rtacha narxi $30,000 dan $30,500 ga (1,7%) oshib, ko‘p foydalanilgani $26,265 dan $26,500 ga (0,9%) ko‘tarilgan.

Elektromobillar
BYD E2: yangi modeli $17,100 dan 1,7% arzonlashgan, o‘rtacha foydalanilgani $15,970 dan 0,8% pasaygan, ko‘p foydalanilgani $15,250 dan 3,0% oshgan.
BYD Song Plus EV Champion: yangi modeli $28,500 dan 1,7% pasaygan, o‘rtacha narxi o‘zgarmagan, ko‘p foydalanilgani $24,050 dan 5,3% oshgan.
BYD Han: yangi modeli $32,500 dan 1,2%, o‘rtacha foydalanilgani $34,500 dan 4,2% pasaygan, ko‘p foydalanilgani $31,750 dan 1,8% oshgan.
BYD Yuan Up: yangi modeli $21,000 dan 1,9%, o‘rtacha foydalanilgani $20,500 dan o‘zgarmagan.

Xorijiy avtomobillar
Chevrolet Monza: o‘rtacha narxi $17,000 dan $16,900 ga (1,6%), ko‘p foydalanilgani $16,900 dan $16,800 ga (0,7%), kam foydalanilgani $18,000 dan $17,950 ga (0,3%) tushgan.
Kia Sportage: o‘rtacha narxi $29,700 dan $28,500 ga (4,2%), ko‘p foydalanilgani $29,000 dan $28,000 ga (3,2%), kam foydalanilgani $31,500 dan $31,000 ga (1,6%) pasaydi.
Kia K5, Seltos, Hyundai Tucson: o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,3%–2,4% oralig‘ida oshgan.

Mazkur tahlil olx.uz platformasidan yig‘ilgan 16,5 mingdan ortiq avtomobil narxlari ma’lumotlariga asoslangan. Ushbu ma’lumotlar avtomobillarning bosib o‘tgan masofasi va ishlab chiqarilgan yillari bo‘yicha tahlil qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD Seagull: Eng ko‘p sotilgan elektromobilning yangi versiyasi taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek