
«Etihad» stadionida «Manchester Siti» va «Nyukasl Yunayted» jamoalari o‘rtasida Premyer liga uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu haqda «Manchester Siti» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» – «Nyukasl»: kim g‘alaba qozonishi haqida mutaxassislarning fikrlarini keltirib o‘tgan edi.