Oʻzbekistonda Damas ishlab chiqarish hajmi 28,5 foizga kamaydi

24-fevral 2025 11:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Damas. Foto: Chevrolet.uz

2025-yilning yanvarida Oʻzbekistonda 5,7 ming dona Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Mamlakatda Damas modelini ishlab chiqarish kamaydi. Yanvar oyida 2,7 ming donani tashkil etib, 2024-yilning yanvariga nisbatan 28,5 foizga kamaygan.

Shuningdek, Kia ko‘rsatkichi salkam 2 mingtaga yetdi. Haval ishlab chiqarish hajmini olti baravar oshirib, oyiga 373 ta mashinani tashkil etdi. Bundan tashqari, 2025-yil yanvar oyida mamlakatda 802 ta BYD avtomobili yigʻilgan.

Yengil avtomobillar ishlab chiqarishning umumiy hajmi, 4,4 foizga kamaydi va 15 ming donani tashkil etdi.

Maxsus avtomobillarni ishlab chiqarish 32,4 foizga pasaygan. Oy davomida respublika avtomobil zavodlarida 17 ta avtobus yigʻildi, bu 2024-yil yanvariga nisbatan 32 foizga kam.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ishlatilgan Chevrolet Cobaltʼning asosiy muammolari nimada ekanini yozgan edi.

Shuningdek