Xiaomi SU7 Ultra narxi 35% arzonlashdi

28-fevral 2025 15:26 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Xiaomi SU7 Ultra
Xiaomi SU7 Ultra narxi 35% arzonlashdi / Foto: Xiaomi

Xitoyning elektronika giganti Xiaomi o‘zining birinchi elektr avtomobili SU7 Ultra uchun oldindan belgilangan narxni 35 foizga pasaytirganini e’lon qildi. Dastlabki $112 minglik narx o‘rniga endilikda SU7 Ultra $72,7 mingdan sotuvga chiqadi. Bu haqda Reuters nashri ma’lum qildi.

Xiaomi bosh direktori Ley Junning ta’kidlashicha, kompaniya BMW 5 Series, Audi A6 va Mercedes-Benz E-Class haydovchilarini o‘z tomoniga og‘dirish uchun bu qarorni qabul qilgan. Hashamatli biznes-klass avtomobillarining narxi $70 – 80 ming atrofida bo‘lgani sababli avvalgi narx xaridorlar uchun yuqori deb topilgan.

«Bizning maqsadimiz – ko‘proq insonlarga hashamatli avtomobillarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish. 3-4 oy davomida muhokama qilib, oxir-oqibat $72,7 minglik narxga kelishdik», – dedi Ley Jun rasmiy taqdimot marosimida.

SU7 Ultra Tesla Model S Plaid ($114,2 ming) bilan raqobatlashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Xiaomi avtomobil tezlashuv va maksimal tezlik bo‘yicha Porsche Taycan Turbo’ni ortda qoldirganini ham ta’kidlagan edi.

Mart oyi oxirigacha SU7 Ultra’ga buyurtma bergan mijozlar Xiaomi’ning HAD aqlli haydash tizimidan umrbod bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yangi narx e’lon qilinganidan so‘ng atigi 10 daqiqa ichida avtomobil uchun 6900 ta buyurtma kelib tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi fevral oxirida ikkita Ultra modelini rasman taqdim etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek