O‘zbekiston yoshlar xokkey terma jamoasi Janubiy Afrikani mag‘lub etdi

28-fevral 2025 18:11 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
O‘zbekiston yoshlar xokkey terma jamoasi
O‘zbekiston yoshlar xokkey terma jamoasi Janubiy Afrikani 12:0 hisobida mag‘lub etdi / Foto: skrinshot

Tailandning Bangkok shahrida xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining III divizion «B» guruhidagi bahslari boshlandi. Musobaqadagi ilk o‘yinda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi jamoasiga qarshi muzga tushdi va raqiblarini yirik 12:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun jahon chempionatlaridagi ilk uchrashuv bo‘ldi va tarixiy g‘alaba sifatida qayd etildi.

Xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining III divizion «B» guruhidagi bahslari Tailandning Bangkok shahrida boshlandi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini Janubiy Afrika Respublikasi jamoasiga qarshi o‘tkazib, 12:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning birinchi davrasida vakillarimiz 4:0 hisobida oldinga chiqishdi, ikkinchi davrada yana 6 ta gol urib, ustunlikni yanada mustahkamlashdi. Yakuniy, uchinchi davrada esa yana 2 gol kiritilib, yakuniy hisob 12:0 ko‘rinishini oldi.

O‘zbekiston terma jamoasining gollarini Petrosyan (3), Azimov (2), Dadaxo‘jayev (2), Kalevin, Rustamxonov (2), Popov va Jo‘rayev urdi. Ushbu g‘alaba O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun jahon chempionatlaridagi ilk uchrashuv bo‘lib, tarixiy natija sifatida qayd etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tarixda ilk bor O‘zbekiston xokkey «U18» terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek