Layloxon Sobirova Osiyo chempionatida ishtirok etmaydi

26-mart 2025 12:30 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Layloxon Sobirova
Layloxon Sobirova Osiyo chempionatida ishtirok etmaydi / Foto: olamsport.com

Iordaniyaning Amman shahrida start olgan kattalar o‘rtasidagi sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Layloxon Sobirova (57 kg) ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Olamsport nashri malum qildi.

Terma jamoa katta murabbiyi Abdurauf Bozorboyevning so‘zlariga ko‘ra, Sobirova musobaqa oldidan shamollab qolgan va shifokorlar barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rgan bo‘lsa-da, uning sog‘lig‘i musobaqada qatnashish uchun yetarlicha tiklanmagan. Shu sababli sportchini turnirga olib bormaslik qarori qabul qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Taxmina Ikromova Ispaniyadagi turnirda ikkita medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek