Quvayt Armanistonni mag‘lub etdi, O‘zbekiston peshqadamga aylandi

17-aprel 2025 10:30 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Quvayt Armanistonni
Sensatsiya! Quvayt Armanistonni mag‘lub etdi, O‘zbekiston peshqadamga aylandi / Foto: Uzhockey

Kecha Yerevan shahrida (Armaniston) davom etayotgan xokkey bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati IV divizionida uchinchi tur bahslari o‘tkazildi. Kunning eng kutilmagan natijasi esa Armaniston va Quvayt o‘rtasidagi bahsda qayd etildi. Quvayt mezbonlarni overtaymda 5:4 hisobida yengdi.

Indoneziya esa Malayziya ustidan 7:4 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasi bu safar Eron bilan to‘qnash kelib, raqibini yirik – 20:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Mazkur natijalar ortidan O‘zbekiston terma jamoasi 7 ochko bilan divizion peshqadamiga aylandi. Armaniston esa ikkinchi o‘ringa tushdi. Har bir jamoani musobaqa yakuniga qadar yana ikki uchrashuv kutmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi yuqori – III B divizioniga yo‘l olishi uchun ushbu so‘nggi ikki o‘yinda ham asosiy vaqtda g‘alaba qozonishi zarur.

Bugun xokkeychilarimiz to‘rtinchi tur doirasida Indoneziya jamoasiga qarshi muzga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi. Armaniston esa navbatdagi o‘yinda Eron bilan to‘qnash keladi.

Shuningdek