
Lenovo kompaniyasi o‘zining mashhur o‘yin plansheti Lenovo Legion Y700 modelining yangilangan versiyasini 2025-yil uchun e’lon qildi. Bu haqda Notebookcheck nashri ma’lum qildi.
Yangi modelning eng asosiy yangiligi – Qualcomm’ning kuchli Snapdragon 8 Elite protsessoridan foydalanishidir. Bu chip Snapdragon 8 Gen 3’ning vorisi sifatida taqdim etilgan va sun’iy intellekt imkoniyatlariga alohida urg‘u beradi.
Yangilangan planshet avvalgi modelda mavjud bo‘lgan 8,8 dyuymli tekis ekranini saqlab qoladi. Orqa paneldagi kamera dizayni biroz o‘zgartirilgan: endi u ikki modul o‘rniga yagona asosiy kamera bilan taqdim etiladi. Bunga sabab, oldingi versiyadagi qo‘shimcha kamera 2 MP’lik makro modul bo‘lib, u deyarli foydalanilmasligi tufayli olib tashlangan.
Lenovo yangi qurilmani sun’iy intellekt konferensiyasi doirasida yoki may oyining ikkinchi yarmida taqdim etishi kutilmoqda. Bu konferensiya 7-may sanasiga belgilangan bo‘lib, kompaniya AI texnologiyalariga katta e’tibor qaratmoqda.
Hozircha Legion Y700 (2025) planshetining aniq texnik xususiyatlari, narxi va bozorga chiqish sanasi oshkor qilinmagan. Lenovo bu borada faqat qisqacha tizer bilan cheklangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan retro Motorola hozirda qanday smartfonlar ishlab chiqarayotgani haqida xabar bergan edi.