
Zeekr kompaniyasi 24 karatli oltin bilan bezatilgan Zeekr 009 Glorious Black Gold modeli eʼlon qilindi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Xitoyning Zeekr kompaniyasi yangi hashamatli miniven – Zeekr 009 Glorious Black Gold Editionʼni taqdim etdi. Bu dunyodagi eng qimmat seriyali miniven hisoblanadi. Avtomobilning tanasiga 24 karatli oltin ishlatilgan va 7 ta haqiqiy oltin logotipi mavjud.

Yangi modelda ikki dona Snapdragon 8295 protsessori ishlatilgan. Salonida 43 dyuymli 4K ekran mavjud. Oʻrindiqlari massaj funksiyasiga ega va SPA darajasida qulaylik yaratadi.
Mashinaning uzunligi 5,2 metr, gʻildiraklar bazasi esa 3,2 metrni tashkil etadi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, Xitoyda sotilayotgan har ikkinchi toʻrt oʻrindiqli lyuks avtomobil aynan Zeekr 009 Brilliance modeli hisoblanadi.

Modelning narxi aytilmagan, biroq u eng qimmat boʻlishi aniq.
Yangi Zeekr 009 Glorious Black Gold avtomobili 19-apreldan savdoga chiqariladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyning Zeekr kompaniyasi oʻzining yangi elektr avtomobili – Zeekr 007 GT modelini rasmiy ravishda taqdim etgani haqida yozgan edi.