
Huawei kompaniyasi CloudMatrix 384 Supernode nomli yangi superkompyuterini e’lon qildi. Bu haqda Techradar nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, superkompyuter 384 ta Ascend 910C chipiga ega bo‘lib, 300 petaflops hisoblash quvvatini ta’minlaydi. Bu ko‘rsatkich Nvidia NVL72 tizimidan deyarli ikki baravar yuqori. Huawei mahsuloti, shuningdek, 3,6 baravar katta xotira va 2,1 baravar yuqori ma’lumot uzatish tezligi bilan ajralib turadi.
Biroq ushbu superkompyuter energiyani juda ko‘p iste’mol qiladi, bu G‘arb bozorida muammo bo‘lishi mumkin. Ammo Xitoyda energiya ta’minoti yetarli, davlat esa bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Huawei bu qurilmani allaqachon o‘zining Uxudagi ma’lumot markazlarida joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei Xitoyda 10G internet tarmog‘ini ishga tushirgan edi.