«AvtoVAZ» O‘zbekistonga Lada Granta bilan qaytishni rejalashtirmoqda

21-aprel 2025 16:52 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
AvtoVAZ
«AvtoVAZ» O‘zbekistonga Lada Granta bilan qaytishni rejalashtirmoqda / Foto: Intei Lada

Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘iston avtomobil bozorlariga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligiga kompaniya bosh direktori Maksim Sokolov ma’lum qildi.

Sokolovning aytishicha, Lada Granta modeli xorijiy bozorlarda katta talabga ega. Kompaniya ushbu avtomobilga Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘istonda yuqori talab bo‘lishini kutmoqda.

Shuningdek u kompaniya O‘zbekiston bozorida 2022-yilgacha bo‘lgan savdo hajmini tiklashni mo‘ljallamoqda. Lada Granta eksporti tiklanishi bilan birga, ishlab chiqaruvchi Lada Iskra modelini ham yetkazib berishni boshlamoqchi.

«Biz Lada Iskra ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshiramiz. Ammo bu bozor ehtiyojiga qarab bo‘ladi. Asta-sekin Lada Granta ishlab chiqarishdan chekinib, ehtimol, uning barcha modifikatsiyalarini emas, faqat ayrimlarini qoldiramiz», — deya izoh berdi Sokolov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «AvtoVAZ» Lada Niva Travel Classic’24 avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatgani haqida yozgandi.

Shuningdek