Sergey Fomin Shimkent turnirining finaliga chiqdi

26-aprel 2025 16:09 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Sergey Fomin
Sergey Fomin Shimkent turnirining finaliga chiqdi / Foto: olamsport.com

Qozog‘istonning Shimkent shahrida o‘tkazilayotgan ITF M15 toifasidagi turnirda O‘zbekiston vakili Sergey Fomin final bosqichiga yo‘l oldi. Bu haqda Olamsport.com nashri ma’lum qildi.

1/2 final uchrashuvida Fomin polshalik Yasha Shayrixni 92 daqiqa davom etgan bahsda 6/2, 6/2 hisobida yengdi. ATP reytingida 461-o‘rinni egallab turgan Fomin uchun bu g‘alaba muhim ahamiyat kasb etdi. Uning raqibi Shayrix musobaqaga sakkizinchi raqam ostida kirib, 884-o‘rinda qayd etilgan edi.

Finalda Fomin fransiyalik Shon Kyunenga qarshi kortga chiqadi. 937-o‘rinni egallab turgan Kyunen 1/2 finalda turnirning uchinchi raqamli tennischisi, ukrainalik Aleksandr Brayinni 6/1, 6/2 hisobida mag‘lub etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Humoyun Sultonov Monsa «Chellenjer» turnirini g‘alaba bilan boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek