Lada Largus O‘zbekistonda mahalliy brend nomi ostida ishlab chiqariladi

30-aprel 2025 10:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Lada Largus
Foto: RGRU

«AvtoVAZ» O‘zbekistonda mahalliy brend nomi ostida avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Mazkur tashabbus birinchi Lada Largus modelidan boshlanadi. Bu haqda kompaniya rahbari Maksim Sokolovga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

«Hozirda biz ikki tomonlama hamkorlikni qayta tiklashga, jumladan, mahsulotlarimizning eksporti bilan cheklanib qolmasdan, bosqichma-bosqich mahalliylashtirish va ushbu modellarni mahalliy o‘zbek brendi ostida chiqarishga ham e’tibor qaratmoqdamiz», – degan u Toshkentdagi «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi.

Shuningdek, «AvtoVAZ» avtomobillarni yig‘ishni amalga oshirish uchun SKD (katta birlik yig‘ish) formatini ham ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qilgan.

Rossiya kompaniyasi hamkorlikni Lada Largus bilan boshlab, keyinchalik modellarni ko‘paytirishni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘iston avtomobil bozorlariga qaytishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek