
O‘zbekistonda rang berish qoidalarini buzmasdan transport vositasini quyoshdan himoya qiluvchi plyonka o‘rnatish tartiblari mavjud. Bu haqda Kursiv Uzbekistan nashriga YHXB matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
«Quyoshdan himoya qiluvchi plyonkani ruxsatnomasiz o‘rnatishning bir qator tartiblari bor. Ulardan biri boshqa rangda bo‘lmasligi. Zavod rangini hisobga olgan holda oynaning umumiy yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70% dan yuqori bo‘lmasligi shart», – deya izoh berdi Yo‘ldoshev.
«Boshqa rangli plyonka yopishtirish yoki belgilangan me’yordan yuqori yorug‘lik o‘tkazuvchanligi to‘sib qo‘yilganligi aniqlanganda tegishli tartibda ish ko‘rilishiga sabab bo‘ladi», – qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas avtomobilining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq savollarga UzAvtosanoat AJ izohini e’lon qilgan edi.