«SSKA» bosh murabbiyi Fayzullayev haqida muhim gap aytdi

15-may 2025 15:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Fayzullayev
«SSKA» bosh murabbiyi Fayzullayev haqida muhim gap aytdi / Foto: Offside

«SSKA» bosh murabbiyi Marko Nikolich «Zenit» bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida bir qator muhim fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda klub saytida ma’lum qilindi.

Murabbiy jamoa muhim o‘yinlarda ham ko‘p gol urishining siri sifatida baland bo‘yli futbolchilarni keltirgan. Ammo u fikrini Abbosbek Fayzulleyev va Piyanich bilan to‘ldirdi.

«Belgilangan to‘plardan urilgan gollar soni bo‘yicha biz birinchi o‘rindamiz. Murabbiylar shtabi ishlagan har bir klubda ham shunday bo‘lganini ko‘pchilik biladi. Lekin, albatta, Rocha, Diveev, Musaev, Guarirapa kabi baland bo‘yli yigitlar, o‘ta oladigan Pyanich, Fayzullaevlar bo‘lmaganida, hech narsa yordam bermasdi», – deya fikr bildirgan Nikolich.

Foto: «SSKA» sayti

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «SSKA» va Zenit” uchrashuvi haqida yozgan edi.

Shuningdek