Zeekr 007 GT ishlab chiqarish bir oyda 10 ming donadan oshdi

15-may 2025 17:01 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Zeekr 007 GT
Zeekr 007 GT ishlab chiqarish bir oyda 10 ming donadan oshdi / Foto: Zeekr

Xitoyning Zeekr kompaniyasi yangi 007 GT modelining bir oy ichida 10 minginchi nusxasini ishlab chiqarganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Сhinamashina nashri ma’lum qildi.

Bu Zeekr 007 GT uchun jadal ishlab chiqarish va kuchli xaridorlar talabini ko‘rsatadi. Avtomobil Zeekr brendining Xanchjoudagi Intelligent Factory zavodida yig‘ilmoqda, u yiliga 300 ming dona ishlab chiqarish quvvatiga ega.

007 GT modeli tashqi ko‘rinish jihatidan avvalgi 007 sedaniga o‘xshash, ammo bu safar u universal (shuting-breyk) shaklida taqdim etildi. Tashqi ko‘rinishda yashil, qora, oq, lavanda va to‘q binafsha kabi ranglar taklif etiladi. Ichki makonda esa binafsha-oq, oq-yashil, qizil-qora kabi zamonaviy kombinatsiyalar mavjud. Mashinada romsiz eshiklar, panoramali tom, yuqori sifatli Zeekr Sound Pro audio tizimi va keng yukxona mavjud.

Salon ergonomikasiga alohida e’tibor qaratilgan: old o‘rindiqlar 14 yo‘nalishda sozlanadi, isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalariga ega. Orqa o‘rindiqlar ham isitish va elektr sozlash imkoniyatlarini taqdim etadi.

Texnik jihatdan Zeekr 007 GT zamonaviy 800 voltli platformaga asoslangan bo‘lib, 500 kVtgacha tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Geely ishlab chiqqan akkumulyator 15 daqiqalik zaryad bilan 500 km.dan ortiq yo‘l bosishga imkon beradi. Orqa g‘ildirakdan tortuvchi versiyasi 421 ot kuchiga ega bo‘lib, 0 dan 100 km/soatgacha 5,4 soniyada tezlashadi. Ikki dvigatelli, to‘liq g‘ildirakli modifikatsiya esa 2,84 soniyada «yuzga» chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr 9X dunyodagi eng tez va uzoq masofaga yuradigan elektromobil bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek