
«Manchester Siti» 2025–2026-yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi uy libosini rasman taqdim etgan edi. Abduqodir Husanov ham yangi kiyimda ko‘rinish berdi.
«Shaharliklar» yangi mavsumda nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki jamoa liboslari dizaynini yaxshilash borasida ham bir qator yangiliklarni taqdim etib kelmoqda. Jamoa endi Puma va KING brendlari bilan hamkorlikda qo‘shimcha liboslar kolleksiyasini namoyish qildi.






Foto: Manchester Siti
Yangi mavsum uchun chiqarilgan uy liboslari allaqachon jamoa onlayn do‘konida sotuvga chiqarilgan. Ular orasida Abduqodir Husanov nomi tushirilgan bir qator kiyimlar ham bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov nega maydonga tushirilmayapti: sabablar ochiqlangani haqida xabar bergan edi.