«Kristal Pelas» Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi – Husanov maydonga tushmadi

17-may 2025 23:14 eʼlon qilindi

Vadim Yerzikov

Vadim Yerzikov

Bosh muharrir o‘rinbosari v.erzikov@kursiv.media
«Kristal Pelas» Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi – Husanov maydonga tushmadi / Foto: «Manchester Siti» rasmiy sayti

Angliya Kubogi finalida «Kristal Pelas» klubi «Manchester Siti» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi. G‘alaba keltirgan yagona golni Eberechi Eze urdi.

Foto: «Manchester Siti» rasmiy sayti

O‘yinda statistik ustunlik deyarli butunlay «Manchester Siti» tomonida bo‘ldi: ular 23 marta darvozaga zarba berdi, to‘pga egalik qilishda esa 79 foiz ko‘rsatkich bilan raqibni ancha ortda qoldirdi. Biroq bu ustunlik natijaga ta’sir qilmadi.

Foto: «Manchester Siti» rasmiy sayti

Uchrashuvda O‘zbekistonlik muxlislar uchun qiziq bo‘lgan jihatlardan biri — zaxira o‘rindig‘ida qolgan himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushmadi. U final jamoa tarkibiga kiritilgan bo‘lsa-da, murabbiy unga imkoniyat bermadi.

Shu tariqa, «Kristal Pelas» Angliya Kubogi g‘olibiga aylandi.

Shuningdek