XPeng P7 elektromobilida sun’iy intellekt bilan haydash imkoniyati yaratildi

18-may 2025 11:25 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Foto: XPeng

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchisi XPeng o‘zining ikkinchi avlod P7 elektromobilini rasman namoyish etdi. Bu haqda Drive nashri xabar berdi.

Yangi model dizayni va texnologiyalari bilan ilgari surilgan, uning asosiy e’tibor markazida – sun’iy intellektga asoslangan haydash rejimi bo‘ldi.

AI haydash tizimi XPeng tomonidan ishlab chiqilgan «Tyuring» chipseti yordamida amalga oshiriladi. Qiziq jihati shundaki, bu tizim lidarlarsiz, faqat kameralar orqali avtomobilni boshqaradi.

Foto: XPeng

Dizayndagi asosiy yangiliklar:

  • qattiqroq va burchakli tashqi ko‘rinish;
  • katta disklar, perforatsiyalangan tormoz disklari va qizil supportlar;
  • utopgan tutqichlar va qoraytirilgan A-ustun;
  • panoramik tom va avtomatik chiqadigan orqa spoyler.

Dizayn muallifi – fransuz dizayner Rafik Ferrag, u avvalgi P7 modeli ustida ham ishlagan.

Hozircha texnik tafsilotlar (dvigatel quvvati, tezlanish vaqti, batareya sig‘imi, yurish masofasi) oshkor etilmagan. Ammo taqdimotda ko‘rsatilgan dizayn avtomobilning premium sinfga mansubligini ko‘rsatmoqda.

Foto: XPeng

Yangi XPeng P7’ning Xitoydagi savdosi 2025-yilning 3-choragida (iyul – sentabr) boshlanishi kutilmoqda. Xorijiy bozorlar bo‘yicha ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xpeng «Iron» odamsimon robotini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek