
BYD tomonidan 2025-yil 17-may kuni o‘zining yangi BYD e7 elektromobili rasmiy ravishda taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Ushbu model 450 km va 520 km CLTC standartiga muvofiq yurish masofasini taklif etadi. Narxi esa 103 800 yuandan (taxminan $14 ming) boshlanadi. Chevrolet Onixning ayni paytdagi narxi ham ushbu modelning narxiga yaqin: $12,4 ming. Ammo elektromobilning o‘zbek bozoriga kirib kelish sanasi aniq emas va milliy bozordagi qiymati yuqori bo‘lishi mumkin.

Texnik xususiyatlari:
Texnik parametr | Qiymati |
---|---|
Uzunligi | 4780 mm |
Kengligi | 1900 mm |
Balandligi | 1515 mm |
G‘ildirak bazasi | 2820 mm |
Motor quvvati | 100 kVt (134 ot kuchi) |
Yurish masofasi (CLTC) | 450 km yoki 520 km (variantga qarab) |
Batareya sig‘imi | 48 kVt·soat yoki 57,6 kVt·soat |
Tez zaryadlash vaqti | 0,47 soat (48 kVt·soat) / 0,43 soat (57,6 kVt·soat) |
Maksimal tezlik | 150 km/soat |
Yukxona hajmi | 528 litr |
Multimedia | 15,6 dyuymli ekran, 5 dyuymli asboblar paneli |
Operatsion tizimi | BYD DiLink 100 |
Qo‘shimcha funksiyalar | Panoramik tom, masofaviy boshqaruv, A/C |
Dizayn va ichki jihozlar
BYD e7 modeli BYD’ning «Marine Aesthetic» dizayn tiliga asoslangan bo‘lib, old qismi yopiq panjara va «tabassum» shaklidagi dizaynga ega. Orqa qismida esa qatlamli dizayn, «duck tail» spoiler va uzluksiz orqa chiroqlar mavjud.


Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eng arzon BYD avtomobili haqida yozgan edi. Shuningdek, 2025-yilning birinchi choragida eng sifatli elektromobillar ro‘yxatida BYD ham joy olgan.