
Xiaomi kompaniyasi 24-aprel kuni taqdim etilgan Redmi Turbo 4 Pro smartfoni uch hafta ichida 1 million dona sotilganini e’lon qildi. Bu model nafaqat mashhur, balki bozordagi eng ommabop flagmanlardan biriga aylandi.
Smartfon texnik xususiyatlari:
- Snapdragon 8s Gen4 chipi – flagman darajasida ishlash;
- 7550 mA/soat sig‘imli ulkan akkumulyator;
- 90 Vt tez zaryadlash – quvvat tez va samarali to‘ldiriladi;
- IP69 himoya darajasi – suv, chang va bosimga yuqori chidamlik;
- 50 MP kamera va yuqori sifatli tasvirlar;
- Boshlang‘ich narx: $255 atrofida.
Xiaomi sotuv yutug‘ini nishonlab, Xitoyda 18 – 21-may kunlari xarid qiluvchilarga oltin stikerli maxsus aksiya o‘tkazmoqda. Bu 100 000 ta stiker Xiaomi muxlislari uchun eksklyuziv sovg‘a bo‘ladi.
«Bu model hali O‘zbekistonda sotuvda yo‘q va kelishi noma’lum deydi», – dedi Malika savdo majmuasi sotuvchisi Kursiv Uzbekistan muxbiriga.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Redmi’ning ushbu modeli smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.