
Honor 200 Pro smartfoni flagmanlarga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, narxi nisbatan arzon. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, bu smartfon sotib olishga arziydimi yoki yo‘qligi haqida ma’lumotlarni tayyorladi.
1. Yuqori sifatli AMOLED ekran
6,78 dyuymli egilgan AMOLED displey 1,5K o‘lcham, 120 Gs yangilanish tezligi va 1100 nit yorqinlik bilan jihozlangan bo‘lib, tasvirlar tiniqligi va silliqligi bilan ajralib turadi.

2. Flagmanga yaqin kuchli protsessor
Snapdragon 8s Gen 3 chipseti og‘ir o‘yinlar va murakkab ilovalarni muammosiz ishlatishga imkon beradi. Bu model yuqori unumdorlikni maqbul narxda taqdim etadi.

3. Katta xotira hajmi
Standart to‘plamda 12 GB operativ va 512 GB ichki xotira taklif etiladi. Bu foydalanuvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi va flagman darajasidagi xotira hajmidir.
4. Kuchli kamera tizimi
Orqa panelda 50+50+12 MP uch kamerali modul joylashgan bo‘lib, 2,5 karra optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Old kamerasi ham 50 MP bo‘lib, portretlar uchun juda mos. Bu model suratga olish borasida ham kuchli ko‘rsatkichlarga ega.
5. Katta akkumulyator va tez quvvatlanish
5200 mAh sig‘imli akkumulyator 100 Vt quvvatli adapter bilan atigi 40 daqiqada to‘liq zaryadlanadi. Shuningdek, qurilma 66 Vt quvvatli simsiz zaryadlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

E’tiborga molik kamchilik – to‘liq suv o‘tkazmaslik yo‘qligi. Qurilma faqat IP65 darajasida suv sachrashiga chidamli, shuning uchun suv yaqinida ehtiyotkorlik talab etiladi.




Foto: Honor
Ushbu smartfonni Joybox onlayn magazini orqali 7,9 mln so‘m, openshop onlayn do‘koni orqali esa 7,8 mln so‘mga xarid qilishingiz mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor 400 seriyasi 28-may kuni taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.