
Google I/O 2025 konferensiyasida kompaniya hammuassisi Sergey Brin Google Glass aqlli ko‘zoynaklarining muvaffaqiyatsiz chiqishiga sabab bo‘lgan xatolarni tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot ishlab chiqish jarayonida iste’molchi elektronikasining ta’minot zanjiri haqida yetarli bilimga ega bo‘lmagan.
Brin, shuningdek, hozirgi kunda AI texnologiyalarining rivojlanishi bilan aqlli ko‘zoynaklar segmentining yangi imkoniyatlarga ega bo‘layotganini ta’kidladi. U, ayniqsa, real vaqt rejimida tarjima qilish funksiyasiga ega bo‘lgan yangi prototipni misol keltirdi.

Google Glass dastlab 2014-yilda taqdim etilgan bo‘lib, ommaviy bozorda kutilgan muvaffaqiyatga erisha olmagan. Biroq u korporativ sektorda o‘z o‘rnini topgan. Hozirda kompaniya AI asosidagi yangi aqlli ko‘zoynaklar ustida ish olib bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ko‘zoynakdagi kamera foydalanuvchilarning atrofdagilarni ruxsatsiz suratga olishi yoki yozib olishi mumkinligi haqida xavotirlar tug‘dirgan. Bu esa ko‘plab jamoat joylarida Google Glass’ning taqiqlanishiga olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Google «G» ikonkasini 10 yildan so‘ng yangilagani haqida yozgan edi.