
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi CAFA chempionatini Qirg‘iziston jamoasini 5:1 hisobi bilan mag‘lub etib, ishonchli tarzda boshladi.
O‘yin faol tarzda boshlandi: 24-daqiqadayoq Ahrorbek Ravshanbekov hisobni ochib, O‘zbekiston terma jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi taym minimal ustunlik bilan yakunlandi, biroq ikkinchi taymda O‘zbekiston jamoasi tashabbusni o‘z qo‘liga oldi.
52-daqiqada Islombek Ravshanov qizil kartochka olib, raqiblarini bir kishiga kam qoldirdi.
Qirg‘iziston bu vaziyatdan tez foydalanib, Kanatbek Raxatovning sa’y-harakatlari bilan hisobni tenglashtirishga erishdi. Ammo shundan so‘ng maydonda faqat bitta jamoa ustunlik qila boshladi.
65-daqiqadan 90+4-daqiqagacha o‘zbekistonliklar javobsiz to‘rtta gol urdilar: Laziz Abduraimov ikki marta, shu jumladan, penaltidan gol kiritdi. Keyin Rustam Aliyev hisobni yanada oshirdi, o‘yinning yakuniy nuqtasini esa qo‘shimcha vaqtda Humoyun Sindarov qo‘ydi.
O‘zbekistonning gollari:
24’ – Ahrorbek Ravshanbekov
65’, 71’ – Laziz Abduraimov (2 ta), biri penaltidan
74’ – Rustam Aliyev
90+4’ – Humoyun Sindarov
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat U-20 ayollar terma jamoasi FIFAga kirmaydigan mamlakat bilan o‘ynashi haqida xabar bergan edi.