«Rostov» – SSKA Moskva: armiyachilar penaltilar seriyasida yutib, Rossiya kubogini qo‘lga kiritdi

2-iyun 2025 09:02 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Foto: Kursiv Uzbekistan

Rossiya kubogi superfinalida «Rostov» – SSKA Moskva o‘yini 3:4 hisobida yakunlandi. Asosiy vaqtda hech bir jamoa gol ura olmadi. Sovrin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi, armiyachilar aniqroq zarba berdilar.

Armiyachilar yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev o‘yinni zaxiradan boshladi va 73-daqiqada Kristian Bistrovich o‘rniga maydonga tushdi.

Birinchi taym
Birinchi taymda hisob ochilmadi. To‘qqizinchi daqiqada jarima zarbasidan uzatilgan to‘pni qabul qilib olgan Ivan Oblyakov uzoq masofadan zarba berdi. Darvozabon Yatimovning xatosi tufayli to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi. Biroq gol hisobga olinmadi.

Uzoq davom etgan VAR tekshiruvi o‘tkazildi. Hakam takrorni ko‘rib, ofsayd qayd etdi: Moyzes «Rostov» himoyachisiga to‘p o‘ynashga xalaqit bergan. Shundan so‘ng gol bekor qilindi va hisob 0:0 bo‘lib qoldi.

Keyingi o‘yin maydon markazida qoidabuzarliklar va kurashlar bilan davom etdi. Ikkala jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, uncha ko‘p bo‘lmagan vaziyatlar yaratdi. 21-daqiqaga kelib, SSKA tomonidan to‘rtta qoidabuzarlik, «Rostov» tomonidan esa bitta qoidabuzarlik qayd etildi.

40-daqiqada armiyachilar markaziy himoyachisi Igor Diveev jarohat olib, maydonni tark etdi.

45-daqiqada Guarirapaga kechiktirilgan ogohlantirish berildi. Shuningdek, «Rostov» murabbiyi Viktor Onopko ham ogohlantirish oldi.

Taymning qolgan qismida jamoalar darvozalar oldida faollik ko‘rsatmadi.

Ikkinchi bo‘lim

Taym davomida har ikki jamoa ham faol ravishda o‘zgarishlar qildi. SSKA hujumni jonlantirish maqsadida Fayzullayev, Musayev va Komarovni maydonga tushirdi. Ammo umumiy manzara o‘zgarmadi – hujumdan ko‘ra himoya ustunlik qildi va to‘p kamdan-kam hollarda jarima maydonchalariga yetib bordi.

O‘yin yakuniga yaqin biroz jonlandi. Musayevning uzatmasidan so‘ng Guairapa imkoniyat qo‘lga kiritdi, biroq to‘pni to‘g‘ri darvozabonga yo‘lladi. Qo‘shimcha vaqtda Fayzullayevning uzatmasidan keyin Kislyak kuchli zarba berdi – to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Bu, ehtimol, ikkinchi taymning eng xavfli lahzasi bo‘ldi, ammo u ham golga aylanmadi.

Hisob 0:0 bo‘lganida yakuniy hushtak chalindi.

Penaltilar seriyasi
«Rostov» – SSKA Moskva finalida penaltilar seriyasi armiyachilarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Hammasi Bayramyanning to‘pni ustunga tekkizishi bilan boshlandi. Darvozabonlar navbati bilan o‘zlarini ko‘rsatdi: Akinfeev Sutorminning zarbasini qaytardi, Yatimov esa Diveevning urinishini bartaraf etdi.

Qolgan ijrochilar aniq zarba berdi. SSKA safida Pyanich, Oblyakov, Kislyak gol urdi va hal qiluvchi penaltini Gayich amalga oshirdi. «Rostov» safida Komlichenko, Sako va Osipenko muvaffaqiyatli zarba berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fayzullayevning SSKA klubi Forbes reytingida eng yaxshi beshtalikka kirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek