Futbol bo‘yicha BAA – O‘zbekiston o‘yinida o‘zbekistonliklar stadionga kira olmasligi mumkin

2-iyun 2025 12:44 eʼlon qilindi

(3-iyun 2025 01:42 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Al-Vahda stadioni
Futbol bo‘yicha BAA – O‘zbekiston o‘yinida o‘zbekistonliklar stadionga kira olmasligi mumkin / Foto: UAE Pro League

Turizm boshqarmasi turfirmalarga 5-iyun kuni BAAga turistlar yuborilmasligini tavsiya etdi. Ma’lum qilinishicha, futbol bo‘yicha BAA – O‘zbekiston o‘yinida o‘zbekistonliklar stadionga kira olmasligi mumkin.

Ushbu o‘yinga ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan 5 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosini olib kelish targ‘ib qilinmoqda. Tomoshabinlar soni stadion sig‘imidan ortib ketishi xavfi mavjud.

«Al Vahda» stadionining sig‘imi 12 ming bo‘lib, O‘zbekiston muxlislari uchun atigi 960 o‘rin ajratilishi belgilangan (stadion sig‘imining 8 foizi).

Mazkur holat xavfsizlik muammolariga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois 5-iyun kuniga BAAga turpaketlar orqali sayohatlarni cheklash tavsiya etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, BAA – O‘zbekiston uchrashuvi 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. Mamlakatimiz vakillari 10-iyun kuni 18:45 da Qatar milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Erondan Angliyagacha: o‘zbekistonlik futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda» nomli maqolasini e’lon qilgan edi.

Shuningdek