
Toshkent amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopes Up All Nightning gastrol safariga qo‘shildi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Toshkentdagi konsert 7-avgust kuni «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadionida bo‘lib o‘tadi. Yaqin kunlarda chiptalarni oldindan sotish boshlanadi.
Bungacha xonandaning gastrol dasturiga shahar kiritilmagani uchun uning konserti Toshkentda bo‘lib qolmasligi mumkinligi ma’lum edi.
Lopes, shuningdek, 1 va 10-avgust kunlari Ostona va Olmaota shaharlarida ikkita konsert beradi. Ayni paytda xonandaning Qozog‘iston poytaxtidagi muxlislari chiptalarni xarid qilib bo‘lishgan. Qozog‘iston matbuotiga ko‘ra, chipta narxi 40 ming tengedan (1 mln so‘m) boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston – Qatar o‘yini chiptalarining narxi haqida yozgan edi.