Fan

O‘zbekistonda yangi o‘simlik turi topildi

9-iyun 2025 08:21 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
O‘zbekistonda yangi o‘simlik turi topildi / Foto: O‘zR FA

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoylik olimlar hamkorligida boshoqdoshlar oilasiga mansub Elymus uzbekistanicus nomli mutlaqo yangi o‘simlik turi aniqlandi. Bu haqda O‘zR Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur tur zamonaviy DNK tahlillari va klassik morfologik tadqiqotlar asosida tasdiqlangan.

Bu tur so‘nggi 57 yil ichida Poaceae oilasidan O‘zbekistonda aniqlangan ilk yangi tur bo‘lib, mamlakatimizdagi biologik xilma-xillikning boyligi va o‘rganilmagan qirralarini yana bir bor namoyon etdi.

Foto: O‘zR FA

Yangi o‘simlik turi O‘zbekiston sharafiga «uzbekistanicus» deb nomlanib, xalqaro ilmiy jurnalda – PhytoKeys sahifalarida chop etildi. Tadqiqot O‘zbekiston Milliy gerbariysi fondiga tayanib amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy olimlari fazoviy stansiyasida yangi bakteriya kashf etgan edi.

Shuningdek