Apple 2026-yilda aqlli ko‘zoynak chiqarishni rejalashtirmoqda

9-iyun 2025 10:32 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Apple aqlli ko‘zoynak ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda / Foto: Bloomberg

Kompaniya muhandislari Meta’ning mashhur Ray-Ban ko‘zoynaklariga raqobatchi bo‘ladigan ushbu mahsulotni 2026-yil oxirigacha chiqarishga harakat qilmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Mazkur qurilmalar sun’iy intellekt bilan jihozlangan moslamalarni rivojlantirish doirasida ishlab chiqiladi.

«Ko‘zoynaklar dastlab kompaniya ichida N50 nomi bilan tanilgan, biroq hozirda bu loyiha kengroq qurilmalar toifasini o‘rganayotgan N401 nomi bilan mashhur. Biroq Apple’ning bu rejasi hali ham o‘zgarishi mumkin – kompaniya bundan avval ham bir nechta loyihalarni to‘xtatgan», – deb yozadi Bloomberg.

Apple’ning yangi ko‘zoynaklari kamera, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlanadi, bu esa ularga tashqi muhitni tahlil qilish va Siri ovozli yordamchisi orqali topshiriqlarni bajarish imkonini beradi. Shuningdek, ular telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilishi, musiqa yoqishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google va Samsung Android asosidagi aqlli ko‘zoynak prototipini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek