BYD Xia miniveni endi M9 nomi bilan sotiladi

9-iyun 2025 15:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD
BYD Xia miniveni endi «M9» nomi bilan sotiladi / Foto: CarNewsChina

Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD Xia minivenini chet el bozorlariga BYD M9 nomi bilan olib chiqmoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Eng avval ushbu mashinalar Meksikaga yuborilishi kutilmoqda. BYD o‘tgan yili bu davlatda 40 ming dona avtomobil sotgan edi. Joriy yilda esa 80 ming dona sotishni rejalashtirmoqda.

Foto: CarNewsChina

BYD Xia ilk bor 2024-yil avgust oyida Chengdu avtosalonida namoyish etilgan. U 2025-yil 8-yanvarda Xitoyda 249 800 – 309 800 yuan ($34 750 – $43 100) narxda sotuvga chiqqan. Endilikda u xalqaro bozorda M9 nomi ostida savdoga chiqadi.

Yaqinda BYD M9 yozuvi tushirilgan avtomobil videosi Meksikalik bloger tomonidan ulashildi. Bu model kompaniyaning M-seriyasidagi eng zamonaviy avtomobili bo‘ladi. Bungacha BYD bir nechta mamlakatlarda M6 minivenini ham sotgan.

Foto: CarNewsChina

Shanghai portida chet elga yuboriladigan ilk BYD M9 avtomobillari ko‘rinish berdi. Ular turli rangdagi kuzovlarda bo‘lib, ko‘rgazmalar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Savdosi esa 2025-yilning 3-choragida boshlanishi rejalashtirilgan.

BYD M9 hajman katta bo‘lib, uzunligi 5145 mm, kengligi 1970 mm, balandligi 1805 mm va g‘ildirak bazasi 3045 mm. Old panjarasi xromli, faralari yirik va «ajdaho mo‘ylovi» dizayn elementlariga ega. Orqa tomonda bitta yoritilgan fonar va BYD logotipi mavjud.

Foto: CarNewsChina

Salon 2+2+3 tarzda tashkil etilgan. Orqa o‘rindiqlar qoplamali bo‘lib, o‘rta qator kapitanka uslubida. Markaziy konsolda uchta ekran mavjud: asosiy ekran 15,6 dyuym, haydovchi va yo‘lovchi ekranlari 12,3 dyuymdan. Sovitiladigan va isitiladigan saqlagich, bukiluvchi stollar va shift monitori kabi zamonaviy qulayliklar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Onix narxidagi BYD Seal 06 elektromobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek