
Amerikaning yirik media konglomerati Warner Bros. Discovery o‘z biznesini ikki mustaqil ochiq aksiyadorlik kompaniyaga ajratishini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, kompaniya rahbariyati bu qadam har bir yo‘nalishning imkoniyatlarini to‘liq ochib berishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Yangi tashkil etiladigan kompaniyalardan biri HBO, HBO Max, Warner Bros. Television, DC Studios va boshqa kinostudiyalarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa CNN, TNT Sports, Discovery+ kabi televizion va raqamli platformalarni boshqaradi.
Ajratishdan kompaniya avval $17,5 mlrdlik kredit jalb qiladi va bu mablag‘ keyinchalik qayta moliyalashtiriladi. Bu strukturaviy o‘zgarishlar Warner Bros. Discovery’ning global raqobatda yanada barqaror harakatlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta kompaniyasi Scale AI startapiga $10 milliarddan ortiq sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edi.