Chevrolet Tracker narxi Rossiyada pastladi, O‘zbekistondachi

13-iyun 2025 10:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker narxi rossiyada pastladi / Foto: Chevrolet

Rossiya dilerlari tomonidan Chevrolet Tracker narxlari pastlatildi. Bu haqda Rossiyaning «Avtonovosti dnya» nashri xabar bermoqda.

Chevrolet Tracker modelining Rossiyadagi narxi 1,65 mln rublni ($20 ming) tashkil etadi. Bir qator rus nashrlari avtomobilni o‘rta segmentdagi hamyonbop sedan sifatida baholamoqda. Ularning fikricha, xuddi shunday qulaylikka ega boshqa modellar nisbatan qimmatroq.

Foto: Chevrolet

Ammo ushbu avtomobil Ufadagi dilerda 2,1 mln rubldan ($26 ming) sotilayotgan bo‘lsa, Moskvadagi dilerda 2,49 mln ($31 ming) rubl qiymat belgilangan.

Rossiya bozorida sotiladigan avtomobil 165 ot kuchiga ega 1,3 litrli uch silindrli turbo dvigatel va CVT bilan jihozlangan. O‘zbekistondagi model esa 1,2 litrli uch silindrli turbo dvigatelga bo‘lib, 132 ot kuchiga ega. Narxlar farqi ham modellarning imkoniyatiga qarab belgilanadi. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan variant sifatida ko‘rilayotgan Chevrolet Tracker narxi 215 million so‘mdan (taxminan $17 ming) boshlanadi.

Foto: Chevrolet

2022-yildan beri Tracker UzAuto Motors tomonidan yig‘ilmoqda.

Foto: Chevrolet

Salonni ergonomik va minimalistik uslubda yaratilgan. Multimedia tizimi, orqa kamera, stabilizatsiya tizimi, xavfsizlik yostiqchalari kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Old va orqa o‘rindiqlar qulay, bagaj hajmi esa o‘z sinfida yetarli hisoblanadi. Tracker o‘zining yuqori yo‘lovchi xavfsizligi ko‘rsatkichlari bilan ham maqtana oladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri General Motors Chevrolet Tracker ishlab chiqarishni qisqartirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek