Abduqodir Husanov o‘ynagan bahsda jamoasi g‘alaba qozondi

23-iyun 2025 07:56 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Abduqodir Husanov o‘ynagan bahsda jamoasi g‘alaba qozondi / Foto: gettyimages

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati G guruhidan o‘rin olgan 2-tur «Manchester Siti» — «Al-Ayn» jamoalari o‘rtasidagi bahsda nominal mezbonlar g‘alaba qozondi. Abduqodir Husanov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi.

Birinchi taymning 8-daqiqasida Gundogan qanotdan darvozabonning ustidan to‘pni oshirib hisobni ochdi.

Foto: gettyimages

27-daqiqada esa jamoaning argentinalik yarimhimoyachisi Klaudio Echeverri jarima zarbasidan keyin farqni ikkitaga yetkazdi.

Foto: FIFA

Birinchi taymnga qo‘shib berilgan 2-daqiqasida hakam «Al-Ayn» jarima maydonchasida Manuel Akanjiga nisbatan qo‘pollik qayd etdi va mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi.

Nuqtaga yaqin kelgan Erling Holland mo‘ljalda adashmadi.

Foto: FIFA

O‘yinning 58-daqiqasida raqibga qarshi qo‘pollik uchun Abduqodir Husanovga sariq kartochka ko‘rsatildi. 62-daqiqada esa uni Oskar Bobb bilan almashtirishdi.

Foto: gettyimages

Bahsning 73-daqiqasida Gundogan dubl qayd etdi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Foto: FIFA

Oskar Bobb 84-daqiqada hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi va hisob yanada yiriklashdi.

Foto: FIFA

O‘yinning 89-daqiqasida Rayan Cherki ajoyib zarba bilan hisobni yanada yiriklashtirdi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati G guruhida 3-turda «Manchester Siti» «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov o‘ynamagan bahsda «Manchester Siti» g‘alaba qozongani haqida yozgan edi.

Shuningdek