Fan

Kolorado universiteti olimlari kosmik lift qurish imkoniyatini o‘rganmoqda

23-iyun 2025 15:45 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Kolorado universiteti olimlari kosmik lift qurish imkoniyatini o‘rganmoqda. Foto: Grok tomonidan yaratilgan

Kolorado-Springs shahridagi Kolorado universiteti olimlari Sererada kosmik lift qurish imkoniyatini o‘rganishdi. Ular bu tadqiqotni ugleroddan yasalgan juda yupqa va mustahkam naychalar (nanotrubkalar) ishlab chiqaruvchi Industrial CNT kompaniyasi bilan birga olib bordi.

Serera – asteroidlar kamaridagi eng katta jism bo‘lib, uning taxminan chorak qismini suv tashkil etadi. Ushbu suv nafaqat hayot uchun zarur, balki raketa dvigatellari uchun yonilg‘i manbai boʻlishi mumkin. Uni Sereraning tortishish maydonidan olish va tashish uchun kosmik lift qo‘l keladi.

Tadqiqot jarayonida uzunligi 30 ming kilometrga yaqin, Sereraning diametridan 30 baravar katta bo‘lgan lift qurish imkoniyatlari o‘rganilgan. Agar u uglerod nanotrubkalaridan yasalgan bo‘lsa, lift 6,5 tonnaga yaqin yukni yuqori stansiyaga ko‘tara oladi.

Ushbu stansiya Serera bilan birga 9 soatda bir marta aylanadi. Yuklarni kosmosga «uchirish» imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday yondashuv yergacha tashish uchun energiya sarfini taxminan 60 foizga, yoqilg‘i sarfini esa 15 foizga kamaytiradi.

Sererada kosmik lift texnologiyasi – ilmiy jihatdan asoslangan va foydali loyiha. Ayniqsa, suv yalpi resursini yerga chegirmali narxda yetkazishda muhim imkoniyatlar yaratadi. Bunday loyiha yanada rivojlangan va murakkab texnologiyalarni talab etadi, biroq kelajakdagi kosmik qazib olish missiyalari uchun istiqbolli bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri quyoshda X toifasidagi kuchli portlash yuz bergani haqida yozgandi.

Shuningdek