Jeff Bezosning to‘y taklifnomasi dizayni tanqidga uchradi

26-iyun 2025 10:15 eʼlon qilindi

(26-iyun 2025 17:12 yangilandi)
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Jeff Bezos va Lauren Sanches to‘y taklifnomasining dizayni tanqidga uchradi / Foto: Yui Mok/PA Images via Getty Images

Amazon asoschisi Jeff Bezos va jurnalist Lauren Sanchesning to‘y taklifnomasi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchradi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, taklifnomada sovg‘alar qabul qilinmasligi aytilgan va mehmonlarga Venetsiyadagi UNESKO ofisiga xayriya qilish tavsiya etilgan.

Biroq taklifnomaning oddiy dizayni – kabutarlar, kapalaklar va gondola rasmlari bilan bezatilgan, Word dasturidagi tasvirlarga o‘xshashi ko‘pchilikda salbiy taassurot qoldirdi. Tanqidchilar bu oddiylikni milliarderlarga xos emas deb baholashdi.

To‘y 26 – 28-iyun kunlari Venetsiyada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu bilan birga, mahalliy aholi juftlikning shahardagi to‘y marosimiga norozilik bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Jeff Bezos Venetsiyani toʻyi uchun ijaraga olgani haqida yozgandi.

Shuningdek