Audi A3 avtomobili taqdim etildi

5-iyul 2025 13:56 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Audi
Audi A3 avtomobili taqdim etildi / Foto: Audi

Audi tomonidan 2025-yil uchun yangilangan Audi A3 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda 32cars texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Model 2.0 TFSI benzinli dvigatel va quattro to‘liq uzatmalar tizimi bilan jihozlangan.

Yangi dvigatel 204 ot kuchi quvvatga ega. Uning aylanish momenti – 320 Nm. Mashina 100 km/soat tezlikka 6,3 soniyada chiqadi. Maksimal tezlik – 245 km/soatni tashkil etadi.

Model uchta kuzovda taqdim etiladi: Sportback, Sedan va Allstreet. Barcha versiyalar 7 pog‘onali avtomatik S tronic uzatmalar qutisi bilan keladi.

Yoqilg‘i sarfi 100 kmga 6,8 – 7,1 litrga teng.

Boshlang‘ich narxlar:

  • Sportback – 47 ming yevro
  • Sedan – 48 ming yevro
  • Allstreet – 50 ming yevro

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Audi A5L Sportback oldindan sotuvga chiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek