Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning «Antverpen» futbol klubiga o‘tdi

7-iyul 2025 20:52 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning «Antverpen» futbol klubiga o‘tdi / Foto: Rafc

«Paxtakor» klubi qanot hujumchisi Muhammadali O‘rinboyev endilikda Belgiya chempionatining 5 karra g‘olibi – «Antverpen» jamoasi safida to‘p suradi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Rafc

Unga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi bilan 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Foto: Rafc

Ma’lumot uchun, O‘rinboev joriy mavsum «Paxtakor» safida 14 o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Foto: Rafc

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy natijasi sun’iy intellekt yordamida o‘ziga xos tarzda tasvirlangan video e’lon qilingan edi.

Shuningdek