Geely 14 ming dollarlik Galaxy A7 elektromobilini 11-iyuldan sotuvga qo‘yadi

9-iyul 2025 10:21 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Geely

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi Geely kompaniyasi yangi Galaxy A7 elektromobilini taqdim etdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Bu model sun’iy intellekt bilan jihozlangan gibrid sedan bo‘lib, 11-iyuldan boshlab Xitoyda oldindan buyurtma qilish uchun ochiladi.

Galaxy A7 EM-i kompaniyaning yangi GEA arxitekturasi asosida ishlab chiqilgan birinchi modeli bo‘lib, SI Super Hybrid 2.0 tizimi bilan jihozlangan. Ushbu tizim 1,5 litrli benzinli dvigatel va 175 kVt quvvatga ega elektr motor yordamida 2100 kilometrgacha yurish masofasini ta’minlaydi. Shuningdek, model 11 bosqichli yangi transmissiya bilan to‘liq jihozlangan.

Model salonida 15,4 dyuymli markaziy ekran, Flyme Auto multimedia tizimi, 16 dinamikali audio tizim, proeksion displey, panoramali tom, massaj va ventilyatsiyaga ega o‘rindiqlar, orqa o‘rindiqlarning 120 darajagacha egilishi kabi premium funksiyalar mavjud.

Yangi avtomobil BYD Qin L va Deepal SL03 kabi raqiblariga javoban taqdim etilgan bo‘lsa-da, Geely o‘z ustunligini dizayn, texnologiya va eng muhimi, narxda ko‘rsatmoqchi. Galaxy A7 narxi 100 ming yuandan (taxminan $13,9 ming) boshlanadi.

Model savdosi 2025-yilning uchinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Geely kompaniyasining Lynk & Co 10 EM-P gibrid avtomobili rasman namoyish etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek