iPhone 17 Air to‘rt xil rangda taqdim etiladi

10-iyul 2025 07:32 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
iPhone 17 Air to‘rt xil rangda taqdim etiladi / Foto: Majin Bu

Yangi iPhone 17 Air smartfoni bu yil kuzda chiqishi kutilmoqda va u to‘rtta rangda taqdim etiladi: qora, oq, och sariq va och ko‘k. Bu haqda ishonchli texnoinsayderlar Majin Bu va Fixed Focus Digital ma’lum qildi.

Yangi model Apple tarixidagi eng ingichka iPhone bo‘ladi. Biroq uning imkoniyatlari biroz qisqaroq: faqat bitta asosiy kamera, bitta dinamik va kichikroq akkumulyator bilan jihozlanadi.

Mazkur ranglar dizaynda yengillikka urg‘u beradi. Asosiy iPhone 17 esa taxminlarga ko‘ra, ancha yorqin ranglarda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17 qanday ranglarda taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek