Kia’ning eng kichik elektromobili sinovdan o‘tkazildi

10-iyul 2025 13:21 eʼlon qilindi

(10-iyul 2025 20:24 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kia
Kia’ning eng kichik elektromobili sinovdan o‘tkazildi / Foto: CarNewsChina

2026-yilgi Kia EV2 elektromobili ilk bor yo‘l sinovlarida ko‘rinish berdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

CarSpyMedia YouTube kanali uning Alp tog‘larida suratga olingan lavhalarini e’lon qildi. Avtomobil Kia’ning eng kichik va arzon elektromobili bo‘ladi. U shahar ichida foydalanish uchun mo‘ljallanib, ixcham, qulay va tejamkor transport vositasi sifatida ishlab chiqilgan.

Foto: CarNewsChina

Avvalroq 2025-yilgi EV Day tadbirida EV2 konsepti namoyish etilgandi. Sinovdagi prototip aynan shu dizaynga yaqin. Oldi qismini vertikal joylashgan faralar va yulduzsimon yoritish bezaydi. Uzunligi 4000 mm atrofida bo‘ladi. Bu EV3 modelidan kichikroq.

Foto: CarNewsChina

Ichki salon tafsilotlari hozircha ma’lum emas. Biroq kompaniya oldin aytganidek, EV2 minimalizm va ekologik yechimlarga asoslanadi. Salon qayta ishlangan materiallardan yasaladi va zamonaviy raqamli panellar bilan jihozlanadi.

Foto: CarNewsChina

Model yaqin yillarda shahar aholisi uchun arzon va amaliy elektromobilga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia kompaniyasi yarim yilda 400 mingdan ortiq avtomobil sotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek