«Manchester Siti» Abduqodir Husanovning statistikasini taqdim etdi

10-iyul 2025 23:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abduqodir Husanov
«Manchester Siti» Abduqodir Husanovning statistikasini taqdim etdi / Foto: The Times / Manba: ManCity

«Manchester Siti» klubi tomonidan klub himoyachilari haqida maqola e’lon qilindi. Unda hamyurtimiz, klub himoyachi Abduqodir Husanov haqida ham so‘z boradi.

Husanov olti oylik muddatda jami 10 marta maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Klub saytidan ekran tasviri

«U o‘yinni a’lo darajada tahlil qila oladi, xavfni erta ilg‘ab, unga tezkor javob bera olish qobiliyatiga ega. Shu bois, Husanov vaqt o‘tgan sayin yanada kuchayib borishi va keyingi mavsumda asosiy tarkibda ko‘p maydonga tushishi kutilmoqda», — deyiladi maqolada.

Shuningdek, Husanov bilan bir vaqtda sotib olingan Vitor Reis olti marta maydonga tushgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» va Husanov Puma’ning yangi kiyimlarini namoyish etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek